Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-iyul oylarida O‘zbekistonga 17 ta xorijiy davlatlardan qiymati 20,9 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 70,8 ming tonna makkajo‘xori import qilingan.
Makkajo‘xori importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,7 mln AQSH dollariga oshgan.
O‘zbekistonga 2025-yilning 7 oyida makkajo‘xori yetkazib bergan davlatlar:
— Qozog‘iston – 42,3 ming tonna
— Qirg‘iz Respublikasi – 24,2 ming tonna
— Turkiya – 1,9 ming tonna
— Xitoy – 1,5 ming tonna
— Boshqa davlatlar – 786,4 tonna
Axborot xizmati