15/09/2025

   Prezident huzurida o‘tkazilgan taqdimotda aytilishiga ko‘ra:

   ▪️Ro‘yxatga olish tadbirlari 2026-yil 15-yanvardan 28-fevralga qadar bo‘lib o‘tadi;

   ▪️Uning dastlabki 17 kuni internet orqali o‘tkaziladi;

   ▪️Keyingi 30 kun mobaynida “mahalla yettiligi” ishtirokida uyma-uy yurib amalga oshiriladi;

   ▪️Savollar soni dastlab rejalashtirilgan 328 tadan 71 taga qisqartirildi.

   ▪️Ro‘yxatga olish natijasida aholi tarkibi va migratsiyasi, oilaviy holati, faoliyat turi, daromad manbalari to‘g‘risida yagona maʼlumotlar bazasi shakllantiriladi.

   ▪️Shuningdek, qishloq xo‘jaligi yerlaridan foydalanish holati, chorva mollari va parrandalar soni aniqlanadi.  

   “Yurtimiz taraqqiyoti va har bir fuqaroning munosib hayoti uchun aholini ro‘yxatga olish jarayonida hamjihatlikda ishtirok etaylik! Har biringizning ishtirokingiz – kelajagimiz kafolati!”

   Vatan ravnaqi uchun har birimiz mas’ulmiz!

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech