2024-yil yakuniga ko‘ra, Samarqand viloyatidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tarbiyalanayotgan bolalar soni 267,3 ming nafarni tashkil etgan bo‘lib, 2023-yil yakuniga nisbatan 16,1 ming nafarga yoki 6,1 % ga oshgan.
2024-yil yakuniga kelib maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tarbiyalanayotgan bolalarning eng koʻp qismi Urgut (33,4 ming) tumanida, Samarqand sh. (28,9 ming) va Pasdarg’om (24,6 ming) tumanlarida qayd etilgan.
Axborot xizmati