15/10/2025

    Joriy yilning 14-oktabr kuni Samarqand viloyati statistika boshqarmasi hamda hududiy statistika bo‘lim xodimlari uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi PF-173-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida 2026-yilda o‘tkaziladigan aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirlariga tayyorgarlik ko‘rish hamda roʻyxatga olish savolnomalarini toʻldirish boʻyicha oʻquv-seminar tashkil etildi.

    Unda O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi mutaxassislari,  viloyat statistika boshqarmasi hamda tuman, shahar statistika boʻlimi xodimlari  ishtirok etishdi.

    Tadbir davomida Milliy statistika qo‘mitasi mutaxassislari tomonidan ro‘yxatga olish jarayonida aholi va qishloq xo‘jaligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘plash, qayta ishlash hamda tahlil qilish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar berildi.

    Shuningdek, seminarda savolnomalarni bandma-band xatosiz toʻldirish, registrator sifatida aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatdan oʻtkazish hamda roʻyxatga olish jarayonida qoʻllaniladigan boshqa amaliy jihatlar boʻyicha batafsil maʼlumot berildi.

Axborot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech