Milliy statistika qoʻmitasining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, 2025-yilning yanvar–avgust oylarida Oʻzbekiston 8 ta xorijiy davlatga qiymati 554,9 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 486,6 ming tonna nok eksport qilgan.
Nok eksporti hajmi 2024-yilning mos davriga nisbatan 60,7 ming tonnaga kamaygan boʻlsa-da, qiymati 25,2 foizga oshgan.
8 oyda Oʻzbekiston nok yetkazib bergan davlatlar:
Rossiya – 251,7 ming tonna;
Qozogʻiston – 121,8 ming tonna;
Qirgʻiziston – 57,1 ming tonna;
Turkmaniston – 31,9 tonna;
Eron – 19,6 tonna;
Tojikiston – 2,9 tonna;
BAA – 1 tonna;
Belarus – 0,5 tonna.
Axborot xizmati