20/10/2025

     O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi PF-173-sonli Farmoniga ko‘ra 2026-yilning 15-yanvaridan 28-fevraliga qadar mamlakatimizda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish ishlari o‘tkaziladi va ushbu tadbirga hududlardagi “mahalla yettiligi” xodimlari jalb etilishi ko‘zda tutilgan.

     Farmon ijrosi yuzasidan joriy yilning 20-25-oktabr kunlari Samarqand viloyati statistika boshqarmasi tomonidan barcha tuman, shahar mahalla yettiligi uchun ilmiy-amaliy seminarlar tashkil etilgan.

    Seminar davomida statistika idoralari xodimlari, oliy ta’limdan jalb etilgan professor o‘qituvchilar tomonidan aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish mazmun-mohiyati, savolnoma shakllari, savolnomalarni to‘ldirish yuzasidan tushunchalar berilmoqda.

    Mazkur seminar 2026-yilda o‘tkaziladigan ro‘yxatga olish tadbirlarini sifatli va muvaffaqiyatli amalga oshirishga xizmat qiladi.

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech