21/10/2025

     Samarqand viloyati statistika boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentabrdagi PF-173-sonli “Aholini va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida”gi farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida keng jamoatchilikka tushuntirish uchun “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri tashkil etldi.

    Tadbir davomida boshqarma mutaxassislari ro‘yxatga olishning maqsadi, o‘tkazilish tartibi hamda mazkur jarayonning mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berishdi. Shuningdek, ishtirokchilarga elektron ro‘yxatga olish jarayonida qo‘llaniladigan zamonaviy axborot texnologiyalari amaliy tarzda namoyish etildi.

    “Ochiq eshiklar kuni” davomida tashrif buyurgan fuqarolar, talaba yoshlar va OAV vakillari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi hamda ro‘yxatga olish jarayonini yanada chuqurroq o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

 

 

Axborot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech