Yirik qurilish tashkilotlari tomonidan 2025-yilning yanvar-sentabr oyida bajarilgan qurilish ishlari hajmi 1 594,4 mlrd so‘mni tashkil etdi. Ko‘rib chiqilayotgan davrda qurilish ishlari hajmi 2024-yilning mos davriga nisbatan 117,1 % ni va ularning umumiy hajmdagi ulushi 11,2 % ni tashkil etdi.
Shuningdek, kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hissasiga jami qurilish ishlari hajmining 73,6 % i to‘g‘ri kelib, ular hissasiga to‘g‘ri kelgan qurilish ishlari hajmi 2024-yilning mos davriga nisbatan 119,6 % ni tashkil etgan holda 10 440,8 mlrd so‘m miqdorida qayd etildi.
Norasmiy sektorda qurilish ishlarining ulushi 15,2 % ni yoki 2 160,7 mlrd so‘mni tashkil etib, 2024-yilning mos davriga nisbatan 141,1 % ni tashkil etdi.

Axborot xizmati



