03/11/2025

    Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar–sentabr oylarida jami 9,5 ming nafar O‘zbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda Qatarga safar qilgan.

    Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 6,9 ming nafarga yoki qariyb 3,7 barobarga oshgan.

    Ularning safar maqsadlari bo‘yicha taqsimlanishi quyidagicha:

sayohat – 8,1 ming nafar;

qarindoshlarni yo‘qlash – 1,1 ming nafar;

xizmat yuzasidan – 130 nafar;

o‘qish – 110 nafar;

davolanish – 4 nafar.

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech