05/11/2025

    Bugun Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Qurbonov Zufar Komilovich O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida”gi PF-173-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanida bo‘lib, ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgarlikning borishi bilan yaqindan tanishdi.

    Vazir o‘rinbosari o‘z tashrifini tuman markazida tashkil etilgan ro‘yxatga olish shtabi faoliyati bilan tanishishdan boshladi. Ro‘yxatga olish tadbirlarini samarali tashkil etish maqsadida maxsus shtab tashkil etilgan bo‘lib, unga tajribali xodimlar jalb qilingan.

    Shtab a’zolari joylardagi “mahalla yettiligi” bilan uzviy aloqada faoliyat olib boradi. Joylarda yuzaga keladigan muammoli vaziyatlar ushbu shtab a’zolari tomonidan qisqa vaqt ichida bartaraf etilib, kunlik amalga oshirilgan ishlar doimiy ravishda viloyat shtabiga taqdim etib boriladi.

    Vazir o‘rinbosari va tuman rahbariyati mahalladagi mas’ullar bilan uchrashuvlar o‘tkazib, ro‘yxatga olish jarayonidagi vazifalar va masalalarni muhokama qilishdi.

    Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirlarini o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish muhimligini ta’kidlashdi.

Axborot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech