Samarqand viloyatida 2025-yilning yanvar-sentabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan amalga oshirilgan qurilish ishlari hajmi 12 601,5 mlrd so‘mni yoki qurilish ishlari umumiy hajmining 88,8 % ini tashkil etdi. O‘sish sur’ati 2024-yil yanvar-sentabr oylariga nisbatan 119,6 % ni tashkil qildi.
Hududlar kesimida kichik tadbirkorlik subyektlarining qurilish ishlari umumiy hajmidagi eng yuqori ulushi Kattaqo‘rg‘on shahri (100,0 %), Urgut tumani (96,3 %), Payariq tumani (97,9%) va Kattaqo‘rg‘on tuman (98,5 %) hissasiga to‘g‘ri keldi.

Axborot xizmati



