Samarqand viloyatida 2025-yilning yanvar-sentabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi 17 087,5 mlrd so‘mni yoki umumiy hajmidagi ulushi 60,4 % ni tashkil etdi. O‘sish sur’ati 2024-yil yanvar-sentabr oylariga nisbatan 137,9 % ni tashkil qildi.
Hududlar kesimida kichik tadbirkorlik subyektlarining jami asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar hajmidagi eng yuqori ulushi Nurobod tumani (93,9 %), Bulung‘ur tumani (88,2 %), Narpay tumani (88,9 %) va Urgut tumani (85,1 %) hissasga to‘g‘ri keldi.

Axborot xizmati



