10/11/2025

   Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2025-yilning yanvar-sentabr oylarida jami 28,6 ming nafar AQSH fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekistonga tashrif buyurgan.

   Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 5,2 ming nafarga yoki 22,4 foizga oshgan.

   Ularning safar maqsadlari boʻyicha taqsimoti quyidagicha:

   sayohat – 23,6 ming nafar;

   xizmat yuzasidan – 2,4 ming nafar;

   qarindoshlarni yoʻqlash – 2,1 ming nafar;

   oʻqish – 395 nafar;

   tijorat – 111 nafar;

   davolanish – 11 nafar.

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech