14/11/2025

    Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazida viloyat Statistika boshqarmasi mas’ul xodimlari ishtirokida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayonlariga bag‘ishlangan o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.

    Tadbirni markaz direktori Anvar Sobirov ochib berib, seminar mavzusining dolzarbligi hamda ro‘yxatga olish jarayonining mamlakat rivojlanishidagi ahamiyatiga to‘xtalib o‘tdi.

    Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentabrdagi “Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida”gi 173-sonli Farmoni mazmun-mohiyati va ahamiyati to‘g‘risida atroflicha ma’lumot berildi.

    Seminar davomida ishtirokchilarga ro‘yxatga olish savolnomalarini to‘g‘ri to‘ldirish, so‘rov o‘tkazish chog‘ida respondentlar bilan muloqot qilish madaniyati, shaxsiy ma’lumotlarning maxfiyligini ta’minlash va ularni elektron tizimga kiritish jarayonlari batafsil tushuntirildi.

    Ro‘yxatga olishning maqsadi, tashkil etish tartibi, amalga oshirish bosqichlari va unda kimlar ishtirok etishi haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

    Shuningdek, tadbir davomida ro‘yxatga olish natijalari mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturlarini samarali rejalashtirish, aholi ehtiyojlarini to‘g‘ri baholash va manzilli chora-tadbirlarni belgilashda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

    Aholini ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgalik ko‘rish, bu borada qabul qilingan me’yoriy hujjatlar, qonun va qarorlar hamda ularning ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan va kelgusida bajarilishi belgilangan ishlar bo‘yicha batafsil maʼlumot berildi.

    Seminar qatnashchilari tomonidan berilgan savollarga boshqarma xodimlari atroflicha javob berishdi.

Axborot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech