Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston 2025-yilning yanvar-sentabr oylarida 5 ta xorijiy davlatga qiymati qariyb 1,3 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 4 117 dona mobil telefon eksport qilingan.
Mazkur davrda Oʻzbekiston telefon eksport qilgan davlatlar quyidagicha:
BAA – 2 916 dona;
Xitoy – 618 dona;
Afgʻoniston – 397 dona;
AQSH – 144 dona;
Shvetsariya – 42 dona.

Axborot xizmati



