17/11/2025

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida joylarda amaliy ishlar davom etmoqda.

    2025-yilning 15-noyabr kuni Samarqand viloyati shtabida o‘tkazilgan yig‘ilishda Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspektsiyasi boshlig‘i A.J.Vaxabov, viloyat hokimining o‘rinbosari B. Jabborov, Samarqand viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i Sh. Abdiyev,  mahalla ettiligi rahbarlari hamda shtab ishchi guruh a’zolari ishtirok etishdi.

    Farmon ijrosi doirasida viloyat va tuman(shahar)larda tashkil etilgan shtablarning asosiy vazifalari, amalga oshiriladigan ishlar va chora-tadbirlar belgilab olindi.

    Uchrashuvda ro‘yxatga olish jarayonlarini yuqori saviyada tashkil etish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish va mas’ullarga aniq vazifalar yuklatish masalalari muhokama qilindi.

    Shuningdek, ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish uchun tegishli moddiy texnik baza bilan ta’minlash bo‘yicha tavsiyalar berildi.                           

    Bundan tashqari, mahalla yettiligi tomonidan aholini ro‘yxatga olish  jarayonlarida tushunmovchiliklar kelib chiqishini oldini olish maqsadida qayta o‘qitish vazifalari belgilab olindi.

Axborot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech