2025-yil 18-noyabr kuni Samarqand viloyatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentabrdagi “Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida”gi 173-sonli Farmoni 8-bo‘lim “B” bandi ijrosini ta’minlash maqsadida oliy ta’lim muassasalari o‘qituvchi va murabbiylari uchun seminar tashkil etildi.
Tadbirda Farmonning mazmun mohiyati, ahamiyati, aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishning maqsadi, jarayonning bosqichlari hamda ushbu tadbirning mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi o‘rni haqida batafsil ma’lumot berildi.


Seminar davomida ro‘yxatga olishda qo‘llaniladigan elektron tizimlar, savolnomalarni to‘ldirish tartibi, shaxsga doir maʼlumotlar xavfsizligini taʼminlash, o‘qituvchilarning mazkur jarayonda aholiga tushuntirish ishlarini to‘g‘ri olib borish bo‘yicha ko‘nikmalarini mustahkamlashga alohida eʼtibor qaratildi.
Ishtirokchilar mutaxassislar tomonidan berilgan amaliy ko‘rsatmalarni tinglab, o‘zlarini qiziqtirgan savollar yuzasidan fikr almashdilar.


Mazkur seminar kelgusi ro‘yxatga olish jarayonining sifatli va samarali tashkil etilishiga xizmat qiladi.


Axborot xizmati



