Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonga 2025-yilning yanvar-sentabr oylarida 11 ta xorijiy davlatdan qiymati qariyb 2,2 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 6 476 tonna limon import qilingan.
Import hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 8 360 tonnaga yoki 2,3 barobarga kamaygan.
2025-yilning 9 oyida O‘zbekistonga eng ko‘p limon yetkazib bergan davlatlar:
Tojikiston – 2 107 tonna;
Turkiya – 1 968 tonna;
Xitoy – 1 034 tonna;
Argentina – 482 tonna;
Qozog‘iston – 331 tonna;
Boshqa davlatlar – 554 tonna.

Axborot xizmati



