Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-sentabr oylarida, AT parki (IT park) ishtirokchilari tomonidan ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 21,9 trln so‘mga yetgan.
Bu ko‘rsatkich 2024-yilning mos davriga nisbatan 8,9 trln so‘mga o‘sgan.
Mazkur davrda AT parki ishtirokchilarining xizmatlar eksporti hajmi 480,9 mln AQSH dollarini tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 2024-yilning mos davriga qaraganda 180,8 mln dollarga ko‘p.
Moliyalashtirishning barcha manbalari hisobidan asosiy kapitalga investitsiyalar hajmi 369,8 mlrd so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 144,1 mlrd so‘mga oshgan.

Axborot xizmati



