25/11/2025

   2025-yil 1-noyabr holatiga umumiy ovqatlanish sohasida faoliyat yuritayotgan tijorat korxonalari soni 2 581 tani tashkil etib, shundan, faoliyat ko‘rsatayotgan yirik korxonalar soni 11 tani, kichik korxona va mikrofirmalar soni 2 570 tani tashkil qildi.

   2025-yilning yanvar-oktabr oylarida umum ovqatlanish korxonalarining savdo aylanmasi 20 390,1 mlrd so‘mga yetib, 2024-yilning mos davriga nisbatan 13,5 % ga oshdi. Bunda savdo aylanmasining 73,9 % ulushi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari hissasiga to‘g‘ri keldi.

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech