Joriy yilning 24-noyabr kuni Samarqand viloyati statistika boshqarmasi katta zalida Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti talabalari uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida”gi PF-173-son Farmoniga muvofiq o‘quv – seminar o‘tkazildi.


Tadbirni Samarqand viloyati statistika boshqarmasining ro‘yxatga olish jarayonini tashkil etish hamda o‘tkazish bo‘limi boshlig‘i F. Shukurov olib bordi.
Seminar davomida talabalarga aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishning mazmun-mohiyati, so‘rovnomalarni to‘g‘ri to‘ldirish tartibi, ma’lumotlarni elektron tizimga kiritish bo‘yicha amaliy ko‘rsatmalar berildi. Ishtirokchilarning barcha savollariga batafsil javoblar taqdim etildi.


Tadbir yakunida talabalarga ro‘yxatga olish jarayonida e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan asosiy jihatlar bo‘yicha qo‘shimcha tushuntirishlar berildi.


Axborot xizmati



