26/11/2025

    Joriy yilning 28-noyabr kuni Samarqand viloyati statistika boshqarmasida “Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish” jarayonlarini keng jamoatchilikka tushuntirish maqsadida “Ochiq eshiklar kuni” bo‘lib o‘tadi.

    Tadbir davomida ro‘yxatga olishning mazmun-mohiyati, uning ahamiyati hamda nega o‘tkazilishi haqida batafsil ma’lumotlar beriladi.

    Ertangi kuniga befarq bo‘lmagan barcha hamshaharlarimizni mazkur tadbirga taklif etamiz!

Tugmani bosing Tinglash GSpeech