27/11/2025

     Joriy yilning 27 – noyabr  kuni Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi Samarqand viloyati boshqarmasida  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida”gi PF-173-son Farmoni mazmun-mohiyati hamda ahamiyatiya yuzassidan o‘quv – seminari tashkil etildi.

    Tadbirda Samarqand viloyati statistika boshqarmasi mutaxassislari, Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi Samarqand viloyati boshqarmasi rahbariyati, mutaxassislari hamda hududiy bo‘lim xodimlari onlayn ishtirok etishdi.

    Seminar davomida qatnashchilarga aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishning mazmun-mohiyati, so‘rovnomalarni to‘g‘ri to‘ldirish tartibi, ma’lumotlarni elektron tizimga kiritish bo‘yicha amaliy ko‘rsatmalar berildi. Ishtirokchilarning barcha savollariga batafsil javoblar taqdim etildi.

    Tadbir yakunida ro‘yxatga olish jarayonida e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan asosiy jihatlar bo‘yicha qo‘shimcha tushuntirishlar berildi

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech