2025-yilning 28-noyabr kuni Samarqand viloyati statistika boshqarmasida aholini va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayonlarini keng jamoatchilikka tushuntirish maqsadida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o‘tkazildi.
Tadbir davomida boshqarma mutaxassislari ro‘yxatga olishning maqsadi, o‘tkazilish tartibi hamda mazkur jarayonning mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berishdi.


Shuningdek, ishtirokchilarga elektron ro‘yxatga olish jarayonida qo‘llaniladigan zamonaviy axborot texnologiyalari amaliy tarzda namoyish etildi.
“Ochiq eshiklar kuni” davomida tashrif buyurgan fuqarolar, talaba yoshlar va OAV vakillari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi hamda ro‘yxatga olish jarayonini yanada chuqurroq o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.


Axborot xizmati



