Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil yanvar-oktabr oylarida O‘zbekistonning import hajmi 37,5 mlrd AQSH dollarini tashkil etdi.
Import hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 16,9 % ga o‘sgan.
Mazkur davrda O‘zbekiston 177 ta davlatdan tovar va xizmatlar importini amalga oshirdi.
2025-yilning 10 oyida O‘zbekiston importidagi TOP-10 davlatlar (AQSH dollarida):
— Xitoy – 11,5 mlrd
— Rossiya – 7 mlrd
— Qozog‘iston – 2,7 mlrd
— Turkiya – 1,5 mlrd
— Koreya Respublikasi – 1,4 mlrd
— Germaniya – 953,9 mln
— Hindiston – 941,7 mln
— Turkmaniston – 753,2 mln
— Belarus – 632,5 mln
— AQSH – 614,4 mln
— Boshqa davlatlar – 9,6 mlrd
Raqamlar yaxlitlangan.

Axborot xizmati



