01/12/2025

    Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning noyabr oyida iste’mol sektoridagi tovarlar va xizmatlar narxlari o‘rtacha 0,7 % ga oshgan.

    Yillik iste’mol narxlari indeksi (INI) 107,5 % ni tashkil etib, o‘tgan yilning shu oyiga (2024-yil noyabr — 110,0 %) nisbatan 2,5 foiz bandga pasaydi.

    Noyabr  oyida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari o‘rtacha 1,0 % ga, nooziq-ovqat tovarlari 0,5 % ga hamda aholiga ko‘rsatiladigan pullik xizmatlar esa 0,3 % ga qimmatlashgani kuzatilgan.

    Asosiy oziq-ovqat mahsulotlaridan bodring (96,0 %), pomidor (82,2 %), bulg‘or qalampiri (61,2 %), baqlajon (51,7 %), uzum (12,1 %), anor (7,9 %), qovoq (5,4 %), olma (4,7 %), mandarin (4,5 %), shaftoli (3,7 %), tarvuz (3,4 %), qovun (3,4 %), tovuq tuxumi (2,4 %), quy go‘shti (0,8 %), kartoshka (0,7 %), birinchi navli bug‘doy uni (0,5 %) hamda mol go‘shti (suyaksiz go‘shtidan tashqari) (0,3 %) narxlarining oshishi inflyatsiyaga asosiy ta’sir ko‘rsatdi.

    Asosiy oziq-ovqat mahsulotlaridan inflyatsiyani pasaytiruvchi omil sifatida sabzi (-26,1 %), sholg‘om (-7,1 %), barcha navdagi guruch, guruch oqishog‘i (-4,5 %), loviya (4,2 %), shakar (-2,9 %), piyoz (-2,5 %), banan (-1,3 %) hamda parranda go‘shti (-1,2 %) narxlarining pasayishi muhim hissa qo‘shdi.

    Shuningdek, nooziq-ovqat mahsulotlar narxlaridan propan (7,4 %), benzin (1,7 %), sement (1,4 %) hamda kiyim va poyafzal (0,7 %) narxlarida o‘sish kuzatildi.

    Hisob-kitoblar uchun 10 mingdan ortiq savdo va xizmat ko‘rsatish nuqtalarida 195 mingga yaqin narxlar qayd etilgan. 420 turdagi oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlari va 90 turdagi xizmatlar narxlari kuzatildi.

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech