01/12/2025

    Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonga 2025-yilning yanvar-oktabr oylarida 31 ta xorijiy davlatdan qiymati qariyb 28,9 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan qariyb 12,2 ming tonna baliq va dengiz mahsulotlari import qilingan.

    Import hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2,3 ming tonnaga yoki 23,3 foizga oshgan.

    2025-yilning 10 oyida O‘zbekistonga eng ko‘p baliq va dengiz mahsulotlari yetkazib bergan davlatlar:

Rossiya –  5,8 ming tonna;

Vyetnam –  3,3 ming tonna;

Norvegiya –  1 ming tonna;

Litva –  705,6 tonna;

Qozog‘iston –  657,1 tonna;

Buyuk Britaniya – 140 tonna;

Farer orollari – 138,3 tonna;

Boshqa davlatlar – 379,2 tonna.

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech