Har yili 9-dekabr kuni butun dunyo Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kunini nishonlaydi. Bu sana halollik va adolatni jamiyat hayotining ajralmas qismiga aylantirish, har bir fuqaro ongida poraxo‘rlikka nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga xizmat qiladi.
Shu dolzarb kun munosabati bilan Samarqand viloyati statistika boshqarmasida “Korrupsiya – kelajak kushandasi, umr zavoli” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy chellenj tashkil etildi.


Tadbir davomida xodimlar orasida halollik va mas’uliyat madaniyatini oshirish, davlat xizmatida ochiqlik va shaffoflik tamoyillarini mustahkamlashga qaratilgan turli faoliyatlar amalga oshirildi. Chellenj doirasida:
korrupsiyaning jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’siri haqida suhbatlar o‘tkazildi;
halollik bo‘yicha shiorlar va g‘oyalar bilan ijodiy chiqishlar tayyorlandi;
xodimlar o‘rtasida adolatga sodiqlik, burchni vijdonan bajarish mas’uliyati targ‘ib qilindi;
yosh xodimlar uchun “Halollik — eng katta boylik” mavzusida motivatsion uchrashuvlar tashkil etildi.


Ushbu tashabbus nafaqat xodimlarning dunyoqarashini kengaytiradi, balki ularni har bir ish jarayonida shaffoflikni ta’minlashga, halollik tamoyillarini kundalik faoliyatda qo‘llashga undaydi.


Unutmang: korrupsiyaga qarshi kurashish — kelajagimizni asrash, farovon va ishonchli ertaga zamin yaratish demakdir. Halol jamiyat — kuchli davlat poydevoridir.

Axborot xizmati



