09/12/2025

    Joriy yilning 9-dekabr kuni Viloyat investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi xodimlari uchun Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish  jarayoniga bag‘ishlangan navbatdagi o’quv seminar tashkil etildi.

    Tadbir  boshqarmaning bosh mutaxassisi Fazliddin Fayziyev tomonidan olib borildi. Mazkur seminarning asosiy maqsadi, hodimlarga aholi hamda qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayoni va uning ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berishdan iborat bo‘ldi. Tadbir davomida, ro’yhatga olishning shakllari, savollarning turlari va tadbir 2 bosqichda ya’ni, avvalgi 17 kun  onlayn qolgan 25 kuni mahalla yettiligi bilan uyma uy ro’yxatga olinishi haqida ma’lumotlar berildi.

    Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, mazkur tadbirlar kelgusi yilda o‘tkaziladigan yirik ro‘yxatga olish jarayoniga jamoatchilikni tayyorlashda muhim qadamlardan biri bo‘lib xizmat qiladi.

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech