09/12/2025

    Bugun Samarqand viloyati Statistika boshqarmasi hodimlari tomonidan “Yagona buyurtmachi xizmati” davlat unitar korxonasida tashkilot hodimlari uchun  aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbiriga bag‘ishlangan navbatdagi o‘quv seminari o‘tkazildi.

    Tadbir davomida ro‘yxatga olish shakllari, turlari, savollar ketma – ketligi va necha bosqichda amalga oshirilishi haqida tashkilot hodimlariga keng va atroflicha ma’lumotlar berildi. Seminar so‘ngida qatnashchilar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollariga javob oldilar.

    Mazkur tadbirlardan ko‘zlangan asosiy maqsad, halqimizning siyosiy jarayonlarga  e’tiborini va ma’suliyatini oshirishdan iboratdir.

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech