09/12/2025

    Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekistonga 2025-yilning yanvar-oktyabr oylarida 41 ta xorijiy davlatdan 15,6 mln AQSH dollarlik chinni mahsulotlari import qilingan.

    Import qiymati oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 33,3 foizga oshgan.

    2025-yilning 10 oyida Oʻzbekistonga eng koʻp chinni yetkazib bergan davlatlar (AQSH dollarida):

Xitoy – 13,1 mln dollar

Turkiya –  896,1 ming dollar

Rossiya –  355,7 ming dollar

Germaniya –  265,9 ming dollar

Italiya –  200,7 ming dollar

Boshqa davlatlar – 843,9 ming dollar

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech