10/12/2025

   Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar–oktabr oylarida jami 22,3 ming nafar O‘zbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda Tailandga safar qilgan.

   Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 7,9 ming nafarga yoki 55,3 foizga oshgan.

   Ularning safar maqsadlari bo‘yicha taqsimlanishi quyidagicha:

   sayohat – 19,9 ming nafar;

   qarindoshlarni yo‘qlash – 2,3 ming nafar;

   o‘qish – 24 nafar;

   davolanish – 57 nafar;

   xizmat yuzasidan – 73 nafar.

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech