O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida”gi PF-173-sonli farmoni ijrosini joylarda o‘rganish maqsadida Milliy statistika qo‘mitasi raisi o‘rinbosari L. Mirsoatov 2025-yilning 11-dekabr kuni Samarqand viloyatining tuman, shaharlarida bo‘lib aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgarlik jarayonlari,


hududlardagi shtablar va shtablardagi ishchi guruh a’zolari faoliyati, xususan, hududlarda xonadonlarning GPS-kordinatalarini Census.stat.uz axborot tizimiga kiritish ishlarining borishi yuzasidan o‘rganishlar olib bordi.


O‘rganish jarayonoda GPS-kordinatalarini Census.stat.uz axborot tizimiga kiritish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berib o‘tdi.


Axborot xizmati



