11/12/2025

   Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumani statistika bo‘limi xodimlari tomonidan Navoiy kon-metallurgiya kombinatiga qarashli janubiy kon boshqarmasida boshqa rahbariyati hamda xodimlari uchun  aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbiriga bag‘ishlangan navbatdagi o‘quv seminari o‘tkazildi.

   Tadbir davomida statistika bo‘limi mas’ullari tomonidan ro‘yxatga olish shakllari, turlari, savollar ketma – ketligi va necha bosqichda amalga oshirilishi haqida keng va atroflicha ma’lumotlar berildi. Seminar so‘ngida qatnashchilar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollariga javob oldilar.

   Mazkur tadbirlardan ko‘zlangan asosiy maqsad, xalqimizning siyosiy jarayonlarga  e’tiborini va mas’uliyatini oshirishdan iboratdir.

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech