Bugun Samarqand viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbiriga bag‘ishlangan o‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi. Tadbirni viloyat statistika boshqarmasi Demografiya va mehnat statistikasi bo‘limi boshlig‘i K. Tosheva olib bordi.

Seminar davomida hodimlarga aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishning mazmun-mohiyati, uning shakllari, so‘rovnomalarni to‘g‘ri to‘ldirish tartibi, savollar ketma-ketligi, ma’lumotlarni elektron tizimga kiritish bo‘yicha amaliy ko‘rsatmalar berildi. Tadbir yakunida ishtirokchilarning barcha savollariga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berildi.

Bunday tadbirlardan ko‘zlangan asosiy maqsad — keng jamoatchilikning mamlakatimizdagi siyosiy jarayonlarga e’tiborini qaratish va ularning faol ishtirokini ta’minlashdan iboratdir. Zero, o‘z kelajagiga befarq bo‘lmagan har bir fuqaro bugungi siyosiy jarayonlarning muhimligini anglab yetmog‘i zarur.

Axborot xizmati



