Milliy statistika qo‘mitasining 2025-yil yanvar–sentabr oylaridagi uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan, O‘zbekiston Respublikasining qishloq hududlarida yashayotgan uy xo‘jaliklarining 99 foizi alohida uy (xususiy hovli)larda istiqomat qiladi.
Uy xo‘jaliklarining uy-joy turlari bo‘yicha taqsimlanishi quyidagicha:
— alohida uy (xususiy hovli) – 99 %;
— ko‘p kvartirali uylar – 0,9 %;
— boshqa turdagi uy-joylar – 0,1 % ni tashkil etdi.

Axborot xizmati



