2025-yil 15-dekabr kuni viloyat statistika boshqarmasi xodimlari tomonidan Samarqand viloyatida faoliyat olib borayotgan “Zarafshon”, “Ovozi Samarqand”, “Самаркандский вестник” hamda “Samarqand” gazetalari xodimlari uchun aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayonida onlayn ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha amaliy seminar o‘tkazildi.


Mazkur seminarda xodimlarning ro‘yxatdan o‘tish platformasidan samarali foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish, ma’lumotlarni kiritish jarayonini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish va onlayn ro‘yxatdan o‘tish bosqichlarini puxta egallashlariga yordam berish maqsadida tashkil etildi.


Seminar davomida mutaxassislar tizimga kirish tartibi, shaxsiy ma’lumotlarni rasmiylashtirish jarayoni, elektron tasdiqlash bosqichlari hamda ma’lumot kiritishda uchrashi mumkin bo‘lgan xatolarning oldini olish yuzasidan ma’lumot berib o‘tishdi.
Mazkur tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad, xalqimizning siyosiy jarayonlarga e’tiborini va mas’uliyatini oshirishdan iboratdir.


Axborot xizmati



