Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning 1-dekabr holatiga O‘zbekistonda 471,7 mingta korxona va tashkilotlar faoliyat yuritmoqda.
Shundan 401,5 mingtasi yoki 85,1 foizini kichik korxona va mikrofirmalar tashkil etadi.
Faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlar soni bo‘yicha TOP-5 hudud:
Toshkent shahri – 108 004 ta;
Toshkent viloyati – 45 974 ta;
Samarqand viloyati – 40 672 ta;
Farg‘ona viloyati – 37 841 ta;
Qashqadaryo viloyati – 30 226 ta.

Axborot xizmati



