16/12/2025

    Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar–oktabr oylarida jami 237,1 ming nafar O‘zbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda Saudiya Arabistoniga safar qilgan.

    Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 96 ming nafarga yoki 68 foizga oshgan.

Joriy yilning 10 oyida Saudiya Arabistoniga borgan O‘zbekiston fuqarolari safar maqsadlari bo‘yicha quyidagicha:

sayohat – 197,9 ming nafar;

qarindoshlarni yo‘qlash – 38,2 ming nafar;

davolanish – 924 nafar;

xizmat yuzasidan – 66 nafar;

o‘qish – 31 nafar.

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech