“Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish” jarayoniga tayyorgarlik ishlari barcha tashkilot va muassasalarda bosqichma-bosqich, seminarlar shaklida izchil davom etmoqda. Ushbu tadbirlarning asosiy maqsadi — ro‘yxatga olish jarayonida ma’lumotlarni elektron tizimlarga aniq, ishonchli va sifatli kiritilishini ta’minlashdan iborat.
Samarqand viloyatida faoliyat olib borayotgan korxona tashkilotlardan bir qismining ishchi - xodimlari uchun joriy yilning 17-dekabr kuni ham navbatdagi o‘quv-amaliy seminar tashkil etildi. Seminar Samarqand viloyati statistika boshqarmasi mutaxassislari tomonidan amalga oshirildi.


Mashg‘ulotlar davomida ishtirokchilarga elektron so‘rovnomalarni to‘ldirish tartibi, aholi va xo‘jalik subyektlaridan olinadigan ma’lumotlarni to‘g‘ri kiritish, shuningdek, turli xatolarga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha amaliy tushunchalar berildi.
Shuningdek, har bir kiritilayotgan ma’lumot mamlakat statistikasini shakllantirish hamda viloyatning kelgusidagi ijtimoiy-iqtisodiy rivoji uchun muhim ahamiyatga ega ekani alohida ta’kidlandi.


Axborot xizmati



