Milliy statistika qo‘mitasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar oyida O‘zbekistonda ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 80,5 trln so‘mni tashkil etdi.
Xizmat turlari bo‘yicha o‘sish sur’atlari quyidagicha:
Ta’lim sohasidagi xizmatlar — 122,8 %;
Moliyaviy xizmatlar — 120,2 %;
Yashash va ovqatlanish xizmatlari — 117,3 %;
Savdo xizmatlari — 116,8 %;
Aloqa va axborotlashtirish xizmatlari — 113,3 %;
Boshqa xizmatlar — 112,7 %;
Ijara xizmatlari — 110,9 %;
Kompyuter va maishiy tovarlarni ta’mirlash bo‘yicha xizmatlar — 110,6 %;
Ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlar — 110,5 %;
Transport xizmatlari — 109,4 %;
Shaxsiy xizmatlar — 109,0 %;
Sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlar — 107,2 %;
Me’morchilik va muhandislik sohasidagi xizmatlar — 105,8 %.

Axborot xizmati



