06/03/2026

    Samarqand viloyati statistika boshqarmasida Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayramona tadbir tashkil etildi. Unda boshqarma rahbariyati va jamoa a’zolari ishtirok etib, muassasada faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarni samimiy qutladilar.

    Tadbir davomida boshqarma rahbariyati tomonidan ayollarning jamiyat va davlat rivojidagi o‘rni, ularning fidokorona mehnati hamda statistika tizimidagi munosib hissasi alohida e’tirof etildi. Ta’kidlanganidek, statistika tizimida faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar o‘zining mas’uliyati, bilim va tajribasi bilan soha rivojiga munosib hissa qo‘shib kelmoqda.

    Bayram tadbirida boshqarma ayollariga iliq tilaklar bildirilib, ularning mehnati qadrlanishi ramzi sifatida esdalik sovg‘alari topshirildi. Tadbir samimiy va ko‘tarinki ruhda o‘tib, jamoada bayramona kayfiyat ulashdi.

    Boshqarma jamoasi fursatdan foydalanib, barcha ayollarni Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan yana bir bor muborakbod etib, ularga sihat-salomatlik, baxt-saodat va oilaviy farovonlik tiladi.

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech