Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2026-yilning yanvar oyida 6 890 nafar Oʻzbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda Tailandga safar qilgan.
Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan qariyb 6 foizga oshgan.
Ularning safar maqsadlari boʻyicha taqsimoti quyidagicha:
sayohat – 6 478 nafar;
qarindoshlarni yoʻqlash – 406 nafar;
oʻqish – 4 nafar;
xizmat yuzasidan – 2 nafar.

Axborot xizmati



