Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar oyida 1 126 nafar O‘zbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda Buyuk Britaniyaga safar qilgan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 15,5 foizga oshgan.
Ularning safar maqsadlari bo‘yicha taqsimoti quyidagicha:
sayohat – 821 nafar;
o‘qish – 193 nafar;
qarindoshlarni yo‘qlash – 92 nafar;
xizmat yuzasidan – 20 nafar.

Axborot xizmati



