Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning 1-mart holatiga O‘zbekistonda 419 mingta tijorat tashkilotlari faoliyat yuritmoqda.
Ulardan 331,7 mingtasi mas’uliyati cheklangan jamiyatlar (MCHJ) bo‘lib, bu umumiy korxonalar sonining 79,1 foizini tashkil etdi.
Tashkiliy-huquqiy shakli bo‘yicha korxonalar soni quyidagicha:
Mas’uliyati cheklangan jamiyatlar – 331 686 ta (79,1 %);
Xususiy korxonalar – 47 028 ta (11,2 %);
Oilaviy korxonalar – 36 518 ta (8,7 %);
Aksiyadorlik jamiyati – 637 ta (0,2 %);
Boshqalar – 3 358 ta (0,8 %).

Axborot xizmati



