Kecha Samarqand viloyati statistika boshqarmasida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali talabalari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvni statistika boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari J. Ulashev olib bordi. Tadbir davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan faol ishtirok etishdi.

Ochiq va samimiy ruhda o‘tgan uchrashuvda ishtirokchilarning savollariga batafsil va asosli javoblar berildi. Shuningdek, yoshlarning taklif va mulohazalari tinglanib, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda kelgusida hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Bunday uchrashuvlar yoshlar bilan samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish, ularning bilim va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Axborot xizmati



