2026-yilning 1-mart holatiga ko‘ra viloyatimizda 4 917 ta sanoat korxonalari faoliyat yuritib kelmoqda. Ushbu sanoat korxonalari soni asosiy iqtisodiy faoliyat turlari kesimida taqsimlanganda yuqori ulush 1 182 tasi (faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar umumiy sonining 24,0 % i) oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishga, 725 tasi (14,7 %) boshqa nometal mineral mahsulotlar ishlab chiqarishga, 378 tasi (7,7 %) kiyim ishlab chiqarishga, 468 tasi (9,5 %) mashina va uskunalardan tashqari tayyor metal buyumlar ishlab chiqarishga va 350 tasi (7,1 %) mebel ishlab chiqarishga to‘g‘ri kelmoqda.




