2026-yilning yanvar-aprel oylarida Samarqand viloyatida bajarilgan qurilish ishlarining iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha taqsimlanishi quyidagicha:
- Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha qurilish ishlarining asosiy qismi turar joy va yashash uchun mo‘ljallanmagan binolarni qurish bo‘yicha amalga oshirilgan qurilish ishlaridan tashkil topdi. Ularning ulushi jami qurilish ishlari hajmida 44,8 % ni tashkil etdi va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 116,7 % ni tashkil etdi.
- fuqarolik obyektlarini qurish yo‘nalishi 53,2% ulushni tashkil etib, 2025-yilning mos davriga nisbatan 115,0 % ni tashkil etdi;
- ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari yo‘nalishi 2,0 % ulushni va 2025-yilning mos davriga nisbatan 95,6 % ni tashkil etdi.

Axborot xizmati



