17/06/2026

    Bugun Samarqand viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i Sh. Qudratov hamda boshqarma bosh yuristkonsulti O. Berdimurodov tomonidan Payariq va Oqdaryo tumanlari statistika bo‘limlarida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan nazorat o‘rganish ishlari o‘tkazildi.

    O‘rganish davomida tuman statistika bo‘limlarida ish yuritish holati, xodimlar faoliyati, belgilangan vazifalarning ijrosi hamda amaldagi tartib va talablarning bajarilishi ko‘rib chiqildi.

    Shuningdek, xodimlar bilan xizmat intizomiga rioya etish, ochiqlik va shaffoflik tamoyillariga qat’iy amal qilish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.

    Mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, ish samaradorligini oshirish hamda statistik ma’lumotlar bilan ishlashda aniqlik va mas’uliyatni yanada kuchaytirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

    Bunday nazorat o‘rganish ishlari hududiy statistika bo‘limlari faoliyatini takomillashtirish, belgilangan vazifalar ijrosini sifatli ta’minlashga xizmat qiladi.

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech