18/06/2026

    Samarqand viloyati statistika boshqarmasida o‘tgan haftada boshqarma boshlig‘i Sh. Qudratov hamda boshliq o‘rinbosarlari ishtirokida yosh xodimlar bilan uchrashuv o‘tkazilgan edi. Unda xodimlar o‘rtasida sport tadbirlarini muntazam tashkil etish masalasi muhokama qilinib, har haftaning chorshanba kuni mini futbol, voleybol, stol tennisi va shaxmat bo‘yicha musobaqalar o‘tkazish belgilab olindi.


    Shu munosabat bilan, 17-iyun kuni boshqarma xodimlari o‘rtasida mini futbol musobaqasiga tayyorgarlik jarayonlari tashkil etildi. Unda xodimlar faol ishtirok etib, jamoaviy hamjihatlik, sog‘lom raqobat va sportga bo‘lgan qiziqishlarini namoyon etdilar.
    Kelgusida haftaning har chorshanba kuni mini futbol, voleybol, stol tennisi va shaxmat yo‘nalishlari bo‘yicha sport musobaqalari muntazam ravishda tashkil etib boriladi.


 

  Bunday tadbirlar xodimlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish hamda jamoada do‘stona muhitni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech